So’nggi yangiliklar

17:45"Нега у икки камарни ушлаб турибди?" Холлоуэй UFC 330'дан кейин Махачевга "тош отди" 0 16:23Темиров — Кавана: кучли зарба ва техник ақл тўқнашуви. Абу-Дабидаги жанг нимани ҳал қилади? (мутолаа учун) 0 15:49Роналду: “Эҳтимол, бу менинг футболдаги сўнгги йилим бўлиши мумкин” 0 15:22IBF рейтинги янгиланди. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:58Бадиий гимнастикачиларимиз Жаҳон чемпионатидаги иштирокини якунлашди 0 14:30Рамазон Темиров допинг текширувидан ўтди (ФОТО) 0 13:49Ироқ телеканали "Пахтакор" учрашувларини тўғридан-тўғри кўрсатишни бошлади 0 13:21Ислам Махачев кейинги рақиби сифатида кимни лойиқ кўришини айтди 0 12:45Дана Уайт Оқ уйда UFC турнирининг қайта ўтказилиши мумкинлиги ҳақидаги саволларга жавоб берди 0 12:19WBC рейтинги: 11 нафар боксчимизнинг рейтинги қандай? 0 11:53Варди фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин 0 11:29Жанибек Алимханули WBO камари учун даъвогарга айланди 0 10:47Ломаченко қайтмоқда! У мағлубият нималигини билмайдиган боксчига қарши жанг қилиши мумкин 0 10:11UFC 330 турнири иштирокчилари жанглардан қанча гонорар ишлаб олишгани маълум бўлди 0 09:39"Ланс" ПСЖни мағлуб этиб, Франция Суперкубоги соҳибига айланди 0

15 iyu 16:49
Yangiliklar

Boshqalar

QABUL-2019: O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga qancha abiturient hujjat topshirdi?

Ayni kunlarda barcha oliy talim muassasalarida yangi 2019-2020 o'quv yiliga qabul jarayoni qizg'in davom etmoqda.

Bugun abiturientlar uchun hujjat topshirishning so'nggi kuni. SHu bois barcha oliy talim muassasalarida bo'lgani singari O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ham qabul jarayoni avj pallasiga chiqqan.

Bizni qiziqtirgan savollarga qabul komissiyasi masul kotibi, iqtisod fanlari nomzodi, docent Komiljon Ziyodullaev javob berdi.


Qaysi yo'nalishlarga hujjat qabul qilinmoqda va qabul uchun qancha kvota ajratilgan?

2019-2020 o'quv yili uchun mazkur talim dargohida oltita yo'nalishga hujjat qabul qilinmoqda. Bular:

- Maktabgacha va boshlang'ich talimda jismoniy tarbiya va sport;

- Psixologiya (sport);

- Marketing (sport):

- Sport faoliyati (faoliyat turlari bo'yicha – 28ta sport turi);

- Jismoniy tarbiya va sport menejmenti;

- Sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish.

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga 2019-2020 o'quv yili uchun kunduzgi bo'limga 1 105 nafar, sirtqi bo'limga esa 600 nafar talaba qabul qilinadi. Yana bir etiborga molik jihat, sirtqi bo'limga hujjat topshirishda abiturientlardan malum muddatlik mehnat staji talab qilinmaydi.

Bugungacha qancha abiturient hujjat topshirdi?

14 iyul holatiga ko'ra O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga jami 8 279 nafar abiturient hujjat topshirgan. Agar o'tgan yil bilan solishtiradigan bo'lsak, 2018-2019 o'quv yili uchun 5 600 nafar abiturient hujjat topshirib, o'z omadini sinab ko'rgan. Bugun so'nggi qabul kuni, taxminlarga ko'ra bu boradagi ko'rsatkich 9 mingtaga etishi mumkin.


Yangi yo'nalishlar haqida

2019-2020 o'quv yilidan etiboran O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida yangi – sport marketingi yo'nalishi ochilmoqda. Hech kimga sir emas, sport – bu katta biznes, dunyoda juda katta mablag' aylanayotgan va milliardlab foyda keltirayotgan sohalardan biri. Sportning bu darajaga chiqishi esa ko'p jihatdan marketingga bog'liq. Afsuski, bizda aynan sport marketingi sezilarli daraja oqsamoqda. Sport federaciyalari yoki futbol klublari faoliyati asosan homiylar tomonidan ajratiladigan mablag'larga bog'liq. Sport tashkilotlari o'zlariga homiy jalb qilish, qo'shimcha mablag' ishlab topish borasida aytarli ishlamayapti. Sababi, bu borada etuk mutaxassislar, malakali kadrlarga ehtiyoj bor. Marketing sohasini yaxshi tushungan mutaxassislar sportdan yiroq yoki sportni tushunganlarning marketingga “tishi o'tmaydi”. SHularni inobatga olgan holda universitet qoshida Sport marketingi yo'nalishi ochildi. Mazkur yo'nalishga jami 25 nafar talaba (shundan 17tasi o'zbek, 8tasi esa rus guruhiga) qabul qilinadi.

Yana bir yangi yo'nalish – sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish bo'lib, ushbu yo'nalishga ham 25 ta kvota ajratilgan. Bu erda ham o'zbek guruhiga 17 nafar, rus guruhiga esa 8 nafar talaba qabul qilinadi.


Bundan tashqari, sport turlari bo'yicha ham yangi o'quv yilidan etiboran uchta yangi yo'nalish ochilmoqda. Bular – triatlon, biatlon hamda so'nggi vaqtlarda yurtimizda jadal ommalashib borayotgan xokkey yo'nalishlaridir. Bu yo'nalishlar uchun ajratilgan kvotalarga kelsak, biatlon guruhiga 15 ta talaba (shundan 8 tasi o'zbek guruhiga, 7 tasi rus guruhiga) qabul qilinadi. Triatlonda ham xuddi shunday holat. Faqatgina xokkey yo'nalishiga 20 ta kvota ajratilgan bo'lib, shundan 12 ta talaba o'zbek, yana 8 tasi rus guruhiga qabul qilinadi.


Imtihonlar qanday bo'ladi?

Malumki, o'tgan yildan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport yo'nalishiga qabul jarayonida test shaklidan voz kechildi. Biroq, bu mazkur talim dargohida imtihon to'liq maxsus jismoniy tayyorgarlik bo'yicha o'tkaziladi, degani emas.

To'g'ri, sport faoliyati hamda maktabgacha va boshlang'ich talimda jismoniy tarbiya va sport yo'nalishida barcha imtihonlar maxsus jismoniy tayyorgarlik bo'yicha o'tkaziladi.

Ammo, qolgan yo'nalishlarda qisman yoki to'liq test shakli saqlanib qolgan. Yani, psixologiya, sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish hamda jismoniy tarbiya va sport menejmenti yo'nalishlarida birinchi blokda biologiya, uchinchi blokda ona tilidan test topshirilsa, ikkinchi blokda maxsus jismoniy tayyorgarlik ko'zdan kechiriladi.

Faqat marketing yo'nalishidagina imtihon to'liq test shaklida o'tkaziladi. Yani, bu yo'nalishda abiturientlar matematika, ingliz va ona tilidan test topshiradi.


Otabek ESHMAMATOV, O'zA

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing