So’nggi yangiliklar

15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0

21 iyu 15:40
Yangiliklar

Boshqalar

QABUL-2020: O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga qancha abiturient hujjat topshirdi?

Teglar :  Universitet
2020-2021-o'quv yili uchun abiturientlarni ro'yxatga olish yakunlandi.

Xabaringiz bor, Joriy yilda hujjatlar DTM saytida, Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 20 iyundan 20 iyulgacha, 24/7 rejimida onlayn qabul qilindi.

Qaysi yo'nalishlarga hujjat qabul qilindi va qabul uchun qancha kvota ajratilgan?

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2020-2021 o'quv yili uchun ettita yo'nalishga hujjat qabul qilindi. Bular:

– Maktabgacha va boshlang'ich talimda jismoniy tarbiya va sport;

– Psixologiya (sport);

– Menejment (jismoniy tarbiya va sport menejmenti);

– Menejment (sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish);

– Marketing (sport);

– Sport faoliyati (voleybol, basketbol, badminton, gandbol, tennis, stol tennisi, regbi, kurash, belbog'li kurash, suzish, eshkak eshish, sinxron suzish, og'ir atletika, ot sporti, velosport, engil atletika, triatlon, biatlon, dzyudo, karate VKF, sambo, erkin kurash, yunon-rum kurashi, boks, taekvondo WTF, qilichbozlik, sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, futbol, xokkey, tog' - chang'i sporti, shaxmat).

SHu jumladan, xotin-qizlar sportini rivojlantirish yo'nalishi bo'yicha.

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga
 2020-2021 o'quv yili uchun kunduzgi bo'limga 1 125 nafar, sirtqi bo'limga esa 600 nafar talaba qabul qilinadi. Yana bir etiborga molik jihat, sirtqi bo'limga hujjat topshirishda abiturientlardan malum muddatli mehnat staji talab qilinmadi.


Joriy yilda qancha abiturient hujjat topshirdi?

Joriy yilda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga jami 19 407 (kunduzgi bo'limga 12415 nafar, sirtqi bo'limga 6992 nafar) nafar abiturient hujjat topshirdi. Agar o'tgan yil bilan solishtiradigan bo'lsak, 2019-2020 o'quv yili uchun 9134 (kunduzgi bo'limga
 5 735 nafar, sirtqi bo'limga 3 399 nafar) nafar abiturient hujjat topshirib, o'z omadini sinab ko'rgan.


Yangi yo'nalishlar haqida:

2020-2021 o'quv yilidan etiboran O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida yangi – 5 ta sport faoliyati (stol tennisi, regbi, karate VKF, tog'-chang'i sporti, shaxmat) yo'nalishi ochilmoqda. Mazkur yo'nalishlar uchun ajratilgan kvotalarga kelsak, kunduzgi talim shakliga: stol tennisi guruhiga 12 ta talaba (shundan 8 tasi o'zbek guruhiga, 4 tasi rus guruhiga), regbi guruhiga 15 ta talaba (shundan 10 tasi o'zbek guruhiga, 5 tasi rus guruhiga),  karate VKF guruhiga 20 ta talaba (shundan 15 tasi o'zbek guruhiga, 5 tasi rus guruhiga),  tog'- chang'isi guruhiga 10 ta talaba (shundan 6 tasi o'zbek guruhiga, 4 tasi rus guruhiga), shaxmat guruhiga 12 ta talaba (shundan 8 tasi o'zbek guruhiga, 4 tasi rus guruhiga) qabul qilinadi. 

Sirtqi talim shakliga: stol tennisi guruhiga 10 ta talaba (shundan
 5 tasi o'zbek guruhiga, 5 tasi rus guruhiga), karate VKF guruhiga 20 ta talaba (shundan 15 tasi o'zbek guruhiga, 5 tasi rus guruhiga),  tog'-chang'isi guruhiga 5 ta talaba (shundan 3 tasi o'zbek guruhiga, 2 tasi rus guruhiga), shaxmat guruhiga 10 ta talaba (shundan 5 tasi o'zbek guruhiga, 5 tasi rus guruhiga) qabul qilinadi, regbi guruhiga qabul nazarda tutilmagan.  


Imtihonlar qanday bo'ladi?

Karantin sababli sport faoliyati turlari bo'yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar soddalashtirildi. Xususan oldingi yillari 3 blokda (MTT, UMJ va suzish) sport turidan kasbiy (ijodiy) imtihon qabul qilinar edi.

Joriy yilda esa  kasbiy (ijodiy) imtihonlar 2 ta blokda amalga oshiriladi. Suzish bo'yicha kasbiy (ijodiy) imtihon olib tashlandi. Faqat maxsus texnik tayyorgarlik (96 ball) va umumiy jismoniy tayyorgarlik
 (93 ball) bo'yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar qabul qilinadi.

Test sinovlari mavjud bo'lgan 4 ta talim yo'nalishlarida kunduzgi talim shakli bo'yicha 5230200 – Menejment (jismoniy tarbiya va sport menejmenti)”, 5230200 – Menejment (sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish), 5230400 – Marketing (sport marketingi)  yo'nalishlarida imtihonlar  1 – blok  Matematika va 2 – blok CHet tili hamda
 5210200 - Psixologiya (sport) talim yo'nalishlari bo'yicha esa 1 - blok biologiya, 2 - blok ona tili (rus tili) fanlaridan test bo'ladi.


O'zDJTSU matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing