17 apr 08:04
Yangiliklar
Qadim Olimpiya shaharchasida Parij-2024 mashalasi yoqildi + FOTO
Mashalani yoqish marosimi har doimgidek qadim grek ibodatxonasida tashkil etildi. Tantalani marosimda Greciya prezidenti Katerina Sakellaropulu, Xalqaro Olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax, musobaqa tashkiliy qo'mitasi va Parij shahri meriyasi rahbarlari va boshqa masul shaxslar ishtirok etdi.
Rejaga ko'ra, mashala estafetasi Greciyada 11 kun davom etadi. SHundan so'ng 26 aprel kuni Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlarining tashkiliy qo'mitasi mashalani 120 yoshli “Le Belem” kemasida Marsel shahriga olib ketadi. 8 may sanasidan mashala butun Franciya bo'ylab 26 iyul – XXXIII yozgi Olimpiya o'yinlari startiga qadar aylanadi.
Mashalani birinchi bo'lib ko'tarish baxti suzish bo'yicha 2004 yilgi Olimpiada chempioni Lor Manadaga nasib etdi. Parij-2024 Olimpiadasi 26 iyul kuni boshlanib, 11 avgustda yakuniga etadi.
Fikrlar