10 may 15:15
Yangiliklar
Tennis
“Qarshi CHellenjer”. Birinchi raketka g'alaba bilan boshladi
Qarshi shahri mezbonlik qilayotgan tennis bo'yicha “CHellenjer” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
Sovrin jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada dunyoning ko'zga ko'ringan tennischilari ishtirok etishyapti. Sergey Staxovskiy turnirning birinchi raketkasi sifatida qayd etilgan.
Dunyo reytingida 96-o'rinni egallab turgan ukrainalik tennischi bugun Qarshi CHellenjeridagi
ishtirokini g'alaba bilan boshladi. U 1 soatu 21 daqiqa davom etgan uchrashuvda misrlik
Karim Muhammad Maamunni 6:4, 7:6(5) hisobida taslim etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar