11 may 08:17
Yangiliklar
Tennis

Qarshi “CHellenjer”. Humoyun Sultonov to'xtatildi
Qarshi shahrida tennis bo'yicha mukofot jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqa bo'lib o'tmoqda.
Turnirning yakkalik bahslaridagi ishtirokini davom ettirayotgan yagona tennischimiz Humoyun Sultonov chorak finalda yurishini to'xtatdi. Istedodli tennischimiz yarim final ostonasida ispaniyalik Karlos Boluda- Purkissga yutqazdi.
Bir soatu 48 daqiqa davom etgan uchrashuvda dunyo reytingida 275-o'rinni egallab turgan Purkiss 7:6(3), 6:4 hisobida zafar quchdi. Sultonov ATP reytingida 844-pog'onadan joy olib turibdi. CHorak finalga qadar reytingda o'zidan ancha yuqorida turgan raqiblarini mag'lub etgan Humoyun dushanba kuni elon qilinadigan yangi reytingda yaxshigina ko'tarilib oladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar