13 may 11:24
Yangiliklar
Tennis

“Qarshi CHellenjer”. Juftlik sovrini Ukrainaga yo'l oladi
Qarshi shahri mezbonlik qilayotgan tennis bo'yicha “CHellenjer” turkumiga kiruvchi turnir o'z yakuni sari yaqinlashyapti.
Sovrin jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning juftliklar bellashuvida g'olib aniqlandi. Unda ukrainalik tennischilar juftligi bosh mukofotni qo'lga kiritdi.
Ukrainalik tennischilar dueti Sergey Staxovskiy va Denis Molchanov hal qiluvchi final uchrashuvida germaniyalik Kevin Kravic hamda ispaniyalik Adrian Menendes-Maseyras juftligini 6:4, 7:6(7) hisbida taslim etishdi.
“Qarshi CHellenjer”. Final:
Sergey Staxovskiy /Denis Molchanov (ikkisi ham Ukraina) - Kevin Kravic (Germaniya, 3)/Adrian Menendes-Maseyras (Ispaniya, 3) – 6:4, 7:6 (7)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar