14 may 08:00
Yangiliklar
Tennis
“Qarshi CHellenjer”. Yakkalik sovrini Belarusga ketdi
Qarshi shahri mezbonlik qilgan tennis bo'yicha “CHellenjer” turkumiga kiruvchi turnir o'z yakuniga etdi.
Sovrin jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning yakkalik bellashuvida g'olib aniqlandi. Unda Egor Gerasimov bosh mukofotni qo'lga kiritdi.
Belaruslik tennischi hal qiluvchi final uchrashuvida turkiyalik Jem Ilkelga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 22 daqiqa davom etgan bahsda Gerasimov 6:3, 7:6(7:4) hisobida zafar quchdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar