12 may 12:56
Yangiliklar
Tennis

Qarshi “CHellenjer”. Yakunlanmay qolgan finalda Gerasimov chempion bo'ldi
Qarshi shahrida tennis bo'yicha mukofot jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqa yakunlandi.
“CHellenjer” turkumiga kiruvchi turnirning hal qiluvchi final uchrashuvida ikki belaruslik tennischilar o'zaro to'qnash kelishdi. Lekin Belarus derbisi yakuniga etmay qoldi. Egor Gerasimov va Sergey Betov o'rtasidagi final ikkinchi setning ikkinchi geymidan keyin to'xtatildi.
Birinchi set taybrekda 7:6(7:3) hisobida Gerasimov foydasiga hal bo'ldi. Aynan u ikkinchi setda ham 2:0 hisobida oldinga chiqib olgandi. Ammo, Betov jarohati bezovta qilib qolganligi sababli bahsni davom ettira olmasligini malum qildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar