27 apr 08:20
Yangiliklar

Qarshi “Fyuchers”. Bugun 3 tennischimiz chorak finalda kortga chiqadi
Xabar berganimizdek, kecha turnirda ikkinchi davra uchrashuvlari o'tkazilib, chorak finalga yo'llanma olgan tennischilar nomi malum bo'ldi. Ular orasida 3 nafar o'zbekistonlik tennischilarning borligi quvonarli holat.
Bugun terma jamoamiz azolaridan Sanjar Fayziev, Jo'rabek Karimov va Temur Ismoilov yarim final yo'llanmasi uchun kortga chiqadi. Fayziev turnirning birinchi raketkasi qozog'istonlik Dmitriy Popko bilan hisob-kitob qiladi.
CHorak final bahslari:
Sanjar Fayziev (O'zbekiston, 6) - Dmitriy Popko (Qozog'iston, 1)
Jo'rabek Karimov (O'zbekiston) - Vladimir Ivanov (Estoniya)
Vishnu Vardxan (Hindiston) - Nikola CHachich (Serbiya)
Temur Ismoilov (O'zbekiston) - Egor Gerasimov (Belarus, 2)
Fikrlar