29 apr 09:05
Yangiliklar
Tennis

Qarshi “Fyuchers”. Bugun Fayziev bosh mukofot uchun kortga chiqadi
Qarshi shahrida davom etayotgan tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir bugun o'z yakuniga etadi.
Bugun yakkalik musobaqasining hal qiluvchi final uchrashuvi bo'lib o'tadi. Unda hamyurtimiz Sanjar Fayziev belaruslik Egor Gerasimovga qarshi kortga chiqadi. Gerasimov turnirning ikkinchi, Fayziev esa oltinchi raketkasi hisoblanadi.
Kecha o'tkazilgan va 56 daqiqa davom etgan yarim final uchrashuvida tennischimiz estoniyalik Vladimir Ivanovni ortiqcha qiyinchiliksiz 6:2, 6:1 hisobida taslim etgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar