23 apr 10:40
Yangiliklar

Qarshi “Fyuchers”. Etti nafar tennischimiz asosiy to'rda
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning yakkalik bahslarida etti nafar hamyurtimiz - Nigina Abduraimova, Oqgul Omonmurodova, Albina Xabibulina, Sevil Yo'ldosheva, Yasmina Karimjonova, SHaxnoza Xotamova va Kamola Umarova o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazadi.
Turnirning birinchi raketkasi sifatida serbiyalik Yovanna Yakshich harakat qiladi. Rossiyalik Kseniya Likina ikkinchi raqam ostida harakat qiladi. Hamyurtlarimizdan Nigina Abduraimova to'rtinchi, Oqgul Omonmurodova esa sakkizinchi raketka sifatida qayd etilgan.
Qura natijasiga ko'ra Abduraimova ilk davrada rossiyalik Margarita Lazarevaga, Omonmurodova qirg'izistonlik Kseniya Palkinaga, Xabibulina Likinaga, Umarova hindistonlik Pranjala Yadlapalliga, Xotamova rossiyalik Olga Doroshinaga, Karimojonova yana bir rus tennischisi Polina Golubovskayaga, Yo'ldosheva esa rossiyalik Angelina Gabuevaga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar