29 apr 12:51
Yangiliklar
Tennis

Qarshi “Fyuchers”. Fayziev – bosh mukofot sohibi!
Hozirgina Qarshi shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir yakuniga etdi.
Yakkalik musobaqasining hal qiluvchi final uchrashuvida hamyurtimiz Sanjar Fayziev belaruslik Egor Gerasimovga qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu 31 daqiqa davom etgan bahsda Fayziev 7:6(4), 5:7, 7:6(5) hisobida g'alaba qozonib, bosh mukofot sohibiga aylandi.
Malumot uchun, 11 noyabr kuni 25 yoshga to'ladigan Gerasimov turnirning ikkinchi, 29 iyulda 23 yoshini qarshilaydigan Fayziev esa Qarshi turnirining oltinchi raketkasi edi.
Taqqoslash uchun, Sanjar Fayziev dunyo reytingida 371, Egor Gerasimov esa 268-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar