28 apr 17:00
Yangiliklar
Tennis

Qarshi "Fyuchers". Fayziev juftlik bahslari g'olibi
Qarshida bo'lib o'tayotgan "Fyuchers" turnirida tennischimiz Sanjar Fayziev juftlik bahslarida turnir g'olibligini qo'lga kiritdi.
Qozog'istonlik Timur Xabibulin bilan birga juftlik hosil qilgan Sanjar finalda hindistonlik sportchilardan tashkil topgan SHriram Balaji/Vishnu Vardhan juftligiga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 23 daqiqa davom etgan bahsda Fayziev va uning sherigi 7:6, 6:3 hisoblarida g'alaba qozondi va juftlik bahslari g'olibiga qaylandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar