27 apr 08:34
Yangiliklar

Qarshi “Fyuchers”. Jo'rabek Karimov birinchi raketkani mag'lub etdi
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada chorak final uchrashuvlari yakunlanib, yarim finalga yo'l olgan to'rt tennischining nomi malum bo'ldi. Ulardan biri o'zbekistonlik tennischilardir.
Istedodli tennischimiz Jo'rabek Karimov turnirning birinchi raketkasi yaponiyalik Xiroki Moriyaga qarshi kortga chiqib, kuchli raqibini 6:4, 7:6(6) hisobida mag'lub etdi. Endi u final chiptasi uchun hindistonlik Saket Mineni bilan hisob-kitob qiladi.
Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi hisoblangan Sanjar Fayziev esa mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. U yarim final ostonasida turnirning ikkinchi raqamli tennischisi rossiyalik Konstantin Kravchukka ikki setda ham bir xil 4:6 hisobida yutqazib qo'ydi.
Fikrlar