25 apr 09:58
Yangiliklar
Tennis

Qarshi “Fyuchers”. Karimov g'alaba bilan boshladi, Sapaev ham
Qarshi shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi erkak tennischilar o'rtasida ham turnir o'tkazilmoqda.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning yakkalik bahslarida hamyurtlarimizdan Jo'rabek Karimov va Botir Sapaev ham ikkinchi davra yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Avvalroq bu vazifani Humoyun Sultonov va Sanjar Fayziev ham uddalashgandi.
Istedodli tennischimiz Jo'rabek Karimov yana bir hamyurtimiz Sergey Fominni ikki setda ham bir xil 6:3 hisobida mag'lub etdi. Saralash bahslari orqali asosiy to'rga etib kelgan Sapaev esa jamoadoshi Saidalo Saidkarimovdan 7:6(6), 6:3 hisobida ustun keldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
09:04
Ikki kundan keyin Olma-Otada Octagon 73 turniri o'tkaziladi, unda hamyurtlarimiz ham ishtirok etadi 0
Fikrlar