25 apr 09:17
Yangiliklar
Tennis

Qarshi “Fyuchers”. Nigina va Oqgul g'alaba bilan boshlashdi
Qarshi shahrida “Fyuchers” turkumiga kiruvchi xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning to'rtinchi raketkasi bo'lgan hamyurtimiz Nigina Abduraimova ilk davrada rossiyalik Margarita Lazarevani 6:3, 6:2 hisobida mag'lub etdi. Sakkizinchi raqam ostida tasniflangan Oqgul Omonmurodova esa qirg'izistonlik Kseniya Palkinadan 6:3, 7:5 hisobida ustun keldi.
Qolgan tennischilarimiz - Albina Xabibulina, Sevil Yo'ldosheva, Yasmina Karimjonova, SHaxnoza Xotamova va Kamola Umarova birinchi davrada raqibalariga imkoniyatni boy berib, yakkalik bahslaridagi ishtiroklarini yakunlashdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar