27 apr 15:54
Yangiliklar
Tennis

Qarshi "Fyuchers". Sanjar birinchi raketkani mag'lub etdi, qolganlarda mag'lubiyat
Qarshida mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi "Fyuchers" turniri davom etmoqda.
Erkaklar o'rtasidagi bahslarda bugun uch nafar tennischimiz musobaqaning chorak finalida kortga chiqishdi.
Turnirning 6-raqamli tennischisi sifatida saralangan Sanjar Fayziev musobaqaning 1-raqamli raketkasi, qozog'istonlik Dimitriy Popkoni 1 soat 35 daqiqa davom etgan bahsda 6:4, 7:6 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi va yarim finalga yo'llanma oldi.
Jo'rabek Karimov esa estoniyalik Vladimir Ivanovga 4:6, 2:6 hsioblarida btqazib qo'ydi.
Temur Ismoilov esa 2-saralangan tennischi Egor Gerasimovga 1:6, 2:6 hisoblarida yutqazdi.
Fayziev endi finalga chiqish uchun Jo'rabekni mag'lub etgan estoniyalik tennischiga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar