24 apr 08:29
Yangiliklar
Tennis

Qarshi “Fyuchers”. Tennischi qizlarimizda hozircha mag'lubiyat
Qarshi shahrida “Fyuchers” turkumiga kiruvchi xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi turnirning ham asosiy to'r bahslari boshlandi.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning yakkalik bahslarida etti nafar hamyurtimiz - Nigina Abduraimova, Oqgul Omonmurodova, Albina Xabibulina, Sevil Yo'ldosheva, Yasmina Karimjonova, SHaxnoza Xotamova va Kamola Umarovaning ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.
Ulardan ikki nafari raqibalariga imkoniyatni boy berib, muxlislar qatoridan joy oldi. Tajribali Albina Xabibulina turnirning ikkinchi raketkasi rossiyalik Kseniya Likinaga 1:6, 2:6, Sevil Yo'ldosheva esa yana bir rossiyalik tennischi Angelina Gabuevaga 3:6, 3:6 hisobida yutqazdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar