22 apr 10:45
Yangiliklar
Tennis

Qarshida turnir start oldi, asosiy to'rda birgina Abduraimova, hozircha
Bugun Qarshi shahrida xotin-qiz tennischilar ishtirokidagi “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning saralash bahslari boshlandi.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi mazkur musobaqaning asosiy to'r bahslarida birgina hamyurtimiz Nigina Abduraimova to'g'ridan-to'g'ri qatnashish huquqini qo'lga kiritgan.
U turnirning birinchi raketkasi sifatida harakat qiladi. Qolgan tennischilarimiz o'z imkoniyatlarini saralash bahslarida sinab ko'rishadi.
Ular orasida Albina Xabibulina, Arina Folc, Kamola Umarova va Sarvinoz Sayidxo'jaevaning asosiy to'rga chiqish imkoniyatlari yuqoriroq baholanyapti.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar