So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

10 apr 15:30
Yangiliklar

Boshqalar

Qarshida yugurish marafoni tashkil etildi

Teglar :  Marafon
Aholi orasida, ayniqsa yoshlar o'rtasida jismoniy tarbiya va sportni keng targ'ib qilish, sog'lom turmush tarzini kamol toptirish maqsadida o'tkazilayotgan ommaviy sport tadbirlarining ahamiyati juda muhim.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi “”Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ – 3031 – sonli qarori hamda 2018 yil 20 sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev raisligida Jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish bo'yicha istiqboldagi muhim vazifalar to'g'risida o'tkazilgan yig'ilishda belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini taminlash maqsadida Qashqadaryo viloyat hokimligi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashabbusi bilan bugun Qarshi shahrida ellik mingdan ortiq kishi ishtirokida “Amir Temur izdoshlari” deb nomlangan  sport tadbiri, yugurish marafoni, bir so'z bilan aytganda sport bayrami bo'lib o'tdi.

Aholining barcha qatlamini ommaviy sport turlariga jalb etish orqali ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tishi va turli yod g'oyalardan asrash, ona vatangga, tug'ilib o'sgan oshiyoniga mehr-muhabbatli bo'lish, qolaversa, o'zaro do'stlik, hamjihatlik, birdamlik va sportni odamlar hayotining bir bo'lagiga aylantirish maqsad qilingan ushbu sport marafonida  viloyatda faoliyat olib borayotgan barcha tashkilot rahbarlari va ishchi-xodimlari, Xalq talimi, O'rta maxsus kasb-hunar talimi, Oliy  talim tizimidagi muassasalarning o'quvchi va talabalari, viloyat, tuman, shahar hokimliklari xodimlari, mahallalardagi uyushmagan yoshlar, uy bekalari, nuroniylar, xullaski, marafonda ishtirok etish istagini bildirgan   barcha ishtirokchilar  Qarshi shahri, Islom Karimov nomli ko'chadan “Vatanparvar ” bog'i hududigacha bo'lgan masofaga yugurib o'tishdi.  Marraga birinchilardan  bo'lib etib kelgan atletlar tantanali tarzda tashkil etilgan taqdirlash marosimda munosib taqdirlanishdi.

Jahongir ERGASHEV, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari: -Bugun o'tkazilgan marafon chin manoda sport bayramiga aylandi. Marafonda ishtirok etgan aholining, ayniqsa yoshlarning jismoniy tarbiya va sportga bo'lgan ishtiyoqi yanada kuchayganini guvohi bo'ldik. Bunday ommaviy sport tadbirlarini o'tkazishdan ko'zlangan maqsad ham, sportni aholining barcha qatlamlarigacha olib kirish, sportga oshno bo'lishiga vositachi bo'lishdan iborat edi. Sport bilan, ertalabki badantarbiya mashg'ulotlari bilan  muntazam shug'ullanayotgan insonlar ko'paygani naqadar yaxshi. Bugungi marafon bunga yana bir zamin bo'lgani bor haqiqat.

Ilhom RAHMONOV

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing