24 apr 08:50
Yangiliklar

Qarshidagi turnirda bugun ham asosiy, ham saralash bahslari o'tkaziladi
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi mazkur musobaqaning asosiy to'r bahslarida hamyurtlarimizdan Sanjar Fayziev, Temur Ismoilov, Jo'rabek Karimov, Sergey Fomin, Amal Sultonbekov, Saidalo Saidkarimov va SHonig'mat SHofayziev to'g'ridan-to'g'ri qatnashish huquqini qo'lga kiritgan.
Qolgan tennischilarimiz o'z imkoniyatlarini saralash bahslarida sinab ko'rishyapti. Bugun saralashning hal qiluvchi bahslari o'tkaziladi. SHu bilan birga bugun asosiy to'r uchrashuvlari ham boshlanadi.
Turnirda 6-raqam ostida tasniflangan Sanjar Fayziev rossiyalik Denis Macukevichga, Temur Ismoilov yana bir vakilimiz Amal Sultonbekovga, Saidalo Saidkarimov turnirning 1-raketkasi, qozog'istonlik Dmitriy Popkoga, Sergey Fomin serbiyalik Miki Yankovichga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar