24 apr 07:25
Yangiliklar

Qarshidagi turnirning asosiy to'rida 9 tennischimiz, Nigina 1-raketka
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi mazkur musobaqaning asosiy to'r bahslarida birgina hamyurtimiz Nigina Abduraimova to'g'ridan-to'g'ri qatnashish huquqini qo'lga kiritgandi.
Kecha yakunlangan saralash bahslaridan so'ng asosiy to'rda bir yo'la 9 nafar tennischimiz ishtirok etishi malum bo'ldi. Ablduraimova turnirning birinchi raketkasi sifatida qayd etilgan.
Albina Xabibulina, Arina Folc, Kamola Umarova, Sarvinoz Saidxo'jaeva, Polina Merenkova, Laylo Bahodirova, Milana Maslenkova va Yasmina Karimjonova esa saralash bahslarida g'olib chiqishdi.
Qura natijasiga ko'ra Nigina Abduraimova asosiy to'rning ilk davrasida ruminiyalik Mikaela Buzarneskuga qarshi kortga chiqadi.
Hamyurtlarimizning 1-davradagi raqibalari:
Arina Folc – Anastasiya Frolova (Rossiya)
Kamola Umarova – Olesya Pervushina (Rossiya, 8)
Milana Maslenkova – Kseniya Palkina (Qirg'iziston)
Albina Xabibulina – Ekaterina Yashina (Rossiya)
Polina Merenkova – Go'zal Aynitdinova (Qozog'iston)
Laylo Bahodirova – Valeriya Savinix (Rossiya)
Sarvinoz Saidxo'jaeva – Valeriya Straxova (Ukraina, 7)
Fikrlar