22 apr 11:40
Yangiliklar
Tennis

Qarshidagi turnirning asosiy to'rida Sanjar, Temur va Jo'rabek, hozircha
Bugun Qarshi shahrida erkak tennischilar ishtirokidagi “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning saralash bahslari ham boshlandi.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi mazkur musobaqaning asosiy to'r bahslarida uch nafar tennischimiz – Sanjar Fayziev, Temur Ismoilov va Jo'rabek Karimov to'g'ridan-to'g'ri qatnashish huquqini qo'lga kiritgan.
Qolgan tennischilarimiz o'z imkoniyatlarini saralash bahslarida sinab ko'rishadi. Saralash turnirida jami 18 nafar hamyurtimiz asosiy to'rga beriladigan yo'llanmalar uchun baxslarga kirishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar