25 apr 09:30
Yangiliklar

Qarshidagi turnirning ilk davrasida 5 tennischimiz mag'lub bo'ldi
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi mazkur musobaqaning asosiy to'r bahslarida 9 nafar tennischimiz ishtirok etishi malum bo'lgandi.
Afsuski, kechagi ilk kungi bahslarda 5 nafar tennischimiz mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Albina Xabibulina rossiyalik Ekaterina Yashinaga 3:6, 6:4, 5:7, Arina Folc yana bir rus tennischisi Anastasiya Frolovaga 0:6, 1:6 hisobida yutqazib qo'ydi.
SHuningdek, Yasmina Karimjonova britaniyalik Kristina Freyaga, Kamola Umarova rossiyalik Olesya Pervushinaga, Milana Maslenkova qirg'izistonlik Kseniya Palkinaga imkoniyatni boy berdi.
Bugun hamyurtlarimizdan Sarvinoz Saidxo'jaeva, Polina Merenkova, Laylo Bahodirova hamda turnirning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova birinchi davra uchrashuvida kortga chiqadi.
Qura natijasiga ko'ra, Nigina Abduraimova asosiy to'rning ilk davrasida ruminiyalik Mikaela Buzarnesku bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi.
Hamyurtlarimizning 1-davradagi raqibalari:
Nigina Abduraimova – MikaelaBuzarnesku (Ruminiya)
Polina Merenkova – Go'zal Aynitdinova (Qozog'iston)
Laylo Bahodirova – Valeriya Savinix (Rossiya)
Sarvinoz Saidxo'jaeva – Valeriya Straxova (Ukraina, 7)
Fikrlar