04 dek 12:45
Yangiliklar
Tennis

Qatar. Bugun Jo'rabek va Saidalo kortga chiqadi
Bugun Qatarda erkaklar o'rtasida mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir start oladi.
Ushbu turnirda o'zbekistonlik ikki nafar tennischi Jo'rabek Karimov va Saidalo Saidkarimovlar ishtirok etadilar.
Saidalo bugun yakkalikda saralash o'yinida gollandiyalik Gay Den Xayerga qarshi kortga chiqadi.
Biroz o'tib esa juftlik bahslarida qatarlik Musa SHanan Zoyid bilan birga ilk davra o'yinini o'tkazadi. Ularga qarshi italiyalik Guererri/Motti juftligi kortga chiqadi.
Jo'rabek Karimov esa franciyalik Jules Okala bilan birga boshqa bir franciyalik juftlik Xamu/Tatlotlarga qarshi o'yin o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar