So’nggi yangiliklar

01:29"Ролан Гаррос-2026". Камилла Раҳимова дунёнинг 10-ракеткасига қарши кортга чиқди 0 21:23"Мағлубият пайти фақат яқин инсонларинг бўлади" — Шаҳрам Ғиёсов 0 20:29Армрестлинг спорт тури янги босқичга кўтарилмоқда 0 19:35"Босимни унутинг, завқ олинг!" — Чилилик эксперт мундиалда Ўзбекистондан нима кутмоқда? 0 18:50Фрэнк Санчес The Ring рейтингида юқорилади 0 18:24Тахмина Икромова яна бир карра Осиё чемпионлигини қўлга киритди 0 17:59Жек Кеттерол фарзандининг вафотидан кейин ҳам таслим бўлмагани учун Шаҳрам Ғиёсовга ҳурмат билдирди 0 17:28"Барселона" "янги Неймар" учун 20 млн евро тўлаши мумкин — AS 0 17:03Кишинёв Челленжери. Фоминни илк даврадаёқ тўхтатишди 0 16:39"Конор UFC'дан кетиш жараёнини тезлаштирмоқчи" - эксперт 0 15:15PFL Усман Нурмагомедовнинг навбатдаги жангини анонс қилди 0 14:30Хави "Милан"да Аллегри ўрнини эгаллаши мумкин 0 13:49"Шу жангни ютсам, ТОП-10'га кираман" - Рамазон Темиров 0 12:36"У сўзида турмади". Бетербиев Бивол ҳақида гапирди 0 11:18Чемпионлик сари йўл. Зангиота руҳи мададкор бунда! 0

11 noy 18:41
Yangiliklar

Futbol

Qatar Evropaga "o'tganidan" beri qanday o'ynayapti?

Teglar :  Qatar
Malumki, Qatar terma jamoasi shu yilning sentyabr oyidan beri faqat Evropa jamoalari bilan o'ynab kelyapti.

Qatar saralashning "A" guruhidan joy egallagan va o'z o'yinlarini o'rtoqlik sifatida, yani konkursdan tashqari o'tkazmoqda. SHunda bu guruhda jahon chempionatiga borish uchun 5ta jamoa kurashyapti: Serbiya, Portugaliya, Lyuksemburg, Irlandiya va Ozarbayjon. 

Malumki, Qatar yozda "Gold Cup" musobaqasida ishtirok etdi. Sentyabrdan boshlab esa faqat o'rtoqlik uchrashuvlarida qatnashyapti. Feliks Sanches shogirdlari hozircha 5ta o'yin o'tkazib, 4 bor mag'lub bo'ldi va bir marta durang o'ynadi. 

1 sentyabr. Qatar - Serbiya 0:4

4 sentyabr. Qatar - Portugaliya 1:3

7 sentyabr. Lyuksemburg - Qatar 1:1

10 oktyabr. Portugaliya - Qatar 3:0 

12 oktyabr. Irlandiya - Qatar 4:0 

Ko'rib turganingizdek, durang autsayder Lyuksemburg bilan qo'lga kiritilgan. Qolgan o'yinlarda esa faqat mag'lubiyat kuzatildi. Osiyo Kubogining amaldagi sohibi Qatar oxirgi yillarda ancha kuchayganini bilamiz. Lekin Evropa baribir boshqa daraja. Buni Qatarning Serbiya va Irlandiyaga 0:4 hisoblarida yutqazgani hamda Portugaliyadan har ikkala o'yinda 3tadan gol o'tkazib yuborgani aytib turibdi. 

JCH-2022 mezboni shu oyning ichida yana 3ta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Bugun Qatar ikkinchi bor Serbiya bilan o'ynaydi.

11 noyabr. Serbiya - Qatar

15 noyabr. Ozarbayjon - Qatar

30 noyabr. Qatar - Bahrayn

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing