19 fev 09:55
Yangiliklar
Tennis

Qatar Open. Kvitova qatorasiga ikkinchi turnir g'olibasi!
Qatar poytaxti Doha shahrida tennis bo'yicha nufuzli turnir bo'lib o'tdi.
Sovrin jamg'armasi 3 million 198 000 dollardan iborat Qatar Open turnirida Petra Kvitova bosh mukofot sohibasiga aylandi. CHexiyalik tennischi final uchrashuvida dunyoning to'rtinchi raketkasi ispaniyalik Garbine Mugurusani 3:6, 6:3, 6:4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Ushbu muvaffaqiyatli ishtirok Petra Kvitovaga 591 750 dollar mukofot puli hamda 900 reyting ochkosini taqdim etdi. Ketma-ket 13ta uchrashuvda zafar quchgan Kvitova bugun elon qilingan reytingda TOP-10ga kirib oldi. Bu uning mavsumdagi ikkinchi, faoliyatidagi 22-sovrin bo'ldi.
Havola :
Fikrlar