19 fev 11:38
Yangiliklar
Tennis

Qatar Open turniri g'olibi Dubayda ilk bosqichdayoq yutqazdi
Elize Mertens BAAning Dubay shahrida o'tkazilayotgan turnirdagi ishtirokini muddatidan ancha oldin to'xtatdi.
Belgiyalik tennischi kutilmaganda Dubai Duty Free Tennis Championships turnirining birinchi davrasida xitoylik CHju Linga 7/5, 4/6, 5/7 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bu uchrashuv ikki daqiqasi kam 3 soat davom etdi.
Dunyoning 16-raketkasi bo'lib turgan Elize o'tgan hafta Qatar poytaxti Doha shahrida o'tkazilgan turnirda bosh mukofot sohibasiga aylangan edi. 25 yoshli CHju Lin reytingning 107-pog'onasidan joy olgan. Endi CHin yurti vakilasi ikkinchi davrada ukrainalik Lesya Curenkoga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar