07 may 20:14
Yangiliklar
Qazaqstan Barysy Grand Slam 2026 turniriga qura tashlandi
Bugun Qazaqstan Barysy Grand Slam turniriga rasmiy qura tashlash marosimi o'tkazilib, dzyudochilar ilk raqiblarini bilib olishdi.
Tadbirda Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) sport direktori Vladimir Barta, IJF Hakamlik korpusi direktori Raul Kamacho Peres, IJF Talim direktori Daniel Laskau, Qozog'iston dzyudo federaciyasi bosh kotibi Timur Bolat, Federaciya vitse-prezidentlari Erjan Zaydinov va Asxat Jitkeev ishtirok etdi.
Qazaqstan Barysy Grand Slam 2026 turnirida O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi va quyida qura natijalari bilan tanishishingiz mumkin.
Dzyudochilarimiz uchun qura natijalari:
-48 kg: Sevinch Murodova - Kristina Dudina (Rossiya)
-48 kg: Fotima Tursunboeva - Sabina Zelejki (Vengriya)
-52 kg: Umida Jumaniyazova - Gabriela Konseysao (Braziliya)
-63 kg: Sevinch Isoqova - Ganhayh Bolt (Mo'g'uliston)
+78 kg: Durdona Nizomiddinova - Jiovanna Santos (Braziliya).
Erkaklar
-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov - SHokir Gayubov (Tojikiston)
-66 kg: Abdurahim Nutfulloev - Erhembayar Battogtoh (Mo'g'uliston)
-66 kg: Anvar Ibrohimov - Devid Ikkes (Germaniya)
-73 kg: Nizomiddin Toshpo'latov - Aaron Szabo (Vengriya)
-73 kg: Hojiakbar Toshev - Angsarbek Gaynullin (Qozog'iston)
-90 kg: Ramazon Allaberganov - Eniel Karoli (Franciya)
-100 kg: To'lqin Turdiev - Nikola Pavlovsiky (Makedoniya).
Fikrlar