12 iyu 07:40
Yangiliklar

"Qitalar jangi". Rossiya va Osiyo terma jamoasi to'qnashuvida mezbonlar kichik ustunlikka erishdi
Ushbu musobaqada Osiyo terma jamoasi safida o'zbekistonlik bokschilar ham ishtirok etayotganliklari haqida xabar qilgandik.
Bugun tunda bokschilarimiz harakat qilayotgan Osiyo terma jamoasi o'z tarkibida jahon chempioni, Olimpiya o'yinlari sovrindorlari bo'lgan mezbon Rossiyaga qarshi ringga ko'tarilishdi.
To'qnashuvda Rossiya terma jamoasi 3:2 hisobida g'alaba qozondi:
-63 kg: Aleksandr Devyatov - Bahodur Usmonov (Tojikiston) - Usmonov g'alaba qozondi
-68 kg: Xariton Agrba - Bobo-Usmon Baturov (O'zbekiston) - Agrba g'alaba qozondi
-75 kg: Pavel Sosulin - Saparbay Aidarov (Qozog'iston) - Sosulin g'alaba qozondi
- 80 kg: Saveliy Sadoma - Odiljon Aslonov (O'zbekiston) - Aslonov g'alaba qozondi
- 92 kg: Muslim Gadjimagomedov - Madiyar Saidrahimov (O'zbekiston) - Gajimagomedov g'alaba qozondi
Eslatib o'tamiz, hamyurtlarimiz harakat qilayotgan Osiyo terma jamoasi birinchi turda Afrikani 5:0 hisobida mag'lub etgandi. Endi vakillarimiz 18 iyun kuni Amerika jamoasiga qarshi ringga ko'tarilishadi.
Fikrlar