So’nggi yangiliklar

16:23Темиров — Кавана: кучли зарба ва техник ақл тўқнашуви. Абу-Дабидаги жанг нимани ҳал қилади? (мутолаа учун) 0 15:49Роналду: “Эҳтимол, бу менинг футболдаги сўнгги йилим бўлиши мумкин” 0 15:22IBF рейтинги янгиланди. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:58Бадиий гимнастикачиларимиз Жаҳон чемпионатидаги иштирокини якунлашди 0 14:30Рамазон Темиров допинг текширувидан ўтди (ФОТО) 0 13:49Ироқ телеканали "Пахтакор" учрашувларини тўғридан-тўғри кўрсатишни бошлади 0 13:21Ислам Махачев кейинги рақиби сифатида кимни лойиқ кўришини айтди 0 12:45Дана Уайт Оқ уйда UFC турнирининг қайта ўтказилиши мумкинлиги ҳақидаги саволларга жавоб берди 0 12:19WBC рейтинги: 11 нафар боксчимизнинг рейтинги қандай? 0 11:53Варди фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин 0 11:29Жанибек Алимханули WBO камари учун даъвогарга айланди 0 10:47Ломаченко қайтмоқда! У мағлубият нималигини билмайдиган боксчига қарши жанг қилиши мумкин 0 10:11UFC 330 турнири иштирокчилари жанглардан қанча гонорар ишлаб олишгани маълум бўлди 0 09:39"Ланс" ПСЖни мағлуб этиб, Франция Суперкубоги соҳибига айланди 0 09:00Хабиб Махачевнинг кечаги ғалабасига илк бор муносабат билдирди 0

14 jan 09:41
Yangiliklar

Boshqalar, Bolalar sporti

Qizg'in bellashuvlar va munosib etiroflar

Qamashi tumanidagi 4-sonli “Mehribonlik uyi”da viloyat prokuraturasi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamkorligida Qashqadaryo viloyatidagi “Mehribonlik uy”lari tarbiyalanuvchilari o'rtasida 14-yanvar - ”Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan futbol, shaxmat va shashka bo'yicha “Viloyat prokurori kubogi” sport musobaqasi tashkil etildi.

Unda viloyat prokuraturasi, jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi masullari hamda tuman hokimligi va keng jamoatchilik  vakillari ishtirok etishdi.
Ushbu viloyat miqyosidagi futbol, shaxmat va shashka musobaqasi Qamashi tumanidagi 4-sonli “Mehribonlik uyi” va Kitob tumanidagi 5-sonli “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari o'rtasida bo'lib o'tdi.


Musobaqa boshlanishida Qamashi tuman hokimi SHerali Sanaev so'zga chiqib, bugun yurtimizda yoshlar uchun yaratilgan ulkan va beqiyos shart-sharoitlar o'zining xayrli natijalarini berayotganligini alohida takidlab o'tdi.


So'ngra mazkur sport musobaqasining barcha ishtirokchilarini yaqinlashib kelayotgan 14 yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan qizg'in tabriklab, ularga ushbu musobaqada muvaffaqiyatlar tiladi.


SHundan so'ng Qamashi shahridagi 4-sonli “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari va Kitob tumanidan tashrif buyurgan 5-sonli “Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o'rtasida ikki yosh toifasidagi futbol jamoalari o'rtasida o'zaro futbol musobaqasi bo'lib o'tdi.


Kichik yoshdagi jamoalar o'rtasida kechgan uchrashuvda qo'yidagi natija qayd etildi:
Qamashi shahridagi 4-sonli “Mehribonlik uyi” yosh sportchilari Kitob tumani 5-sonli “Mehribonlik uyi”dan tashrif buyurgan musobaqa ishtirokchilaridan 7:1 hisobida g'olib bo'ldi.


Yuqori sinf tarbiyalanuvchilari jamoalari o'rtasida kechgan uchrashuvda qo'yidagi natija qayd etildi:
Kitob tumanidan tashrif buyurgan 5-sonli “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari Qamashi tumanidagi 4-sonli “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari jamoasidan 6:4 hisobida g'oliblikni qo'lga kiritdi.


SHaxmat va shashka bo'yicha “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari bo'lgan o'smirlar va qizlar o'rtasidagi bellashuvda quyidagi natija qayd etildi:
Qamashi shahridagi 4-sonli “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari va Kitob tumanidagi 5-sonli “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari - o'smirlar va qizlar o'rtasidagi shaxmat va shashka sport musobaqasida umumiy jamoa hisobida Kitob tumanidan kelgan yosh sportchilar muvaffaqiyat qozonishdi.


Yuqori saviyada tashkil etilgan viloyat miqyosidagi ushbu futbol, shaxmat va shashka musobaqasi yakunida g'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan Kubok, medallar va sport anjomlari hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.


Qamashi tuman Jismoniy tarbiya va sport bo'limi bosh inspektori   F. CHoriev













Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing