11 fev 08:30
Yangiliklar
Boshqalar
Qo'l jangi bo'yicha O'zbekiston chempionatining final bahslariga start berildi
SHu kunlarda poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida qo'l jangi bo'yicha o'smirlar va kattalar o'rtasi mamlakat birinchiligi o'tkazilmoqda.
Kecha mazkur musobaqaning ochilish marosimida final janglariga start berildi.
Tadbirda O'zbekiston qo'l jangi federaciyasi raisi, Milliy gvardiya qo'mondoni general-polkovnik Bahodir Tashmatov, Sport vaziri Adham Ikramov, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov ishtirok etishdi.
Marosimda so'zga chiqqan rasmiylar sportchilarga va tadbirga tashrif buyurgan qo'l jangi ixlosmandlariga samimiy tilaklarini bildirishdi.
Kechagi final janglarida g'olib bo'lgan sportchilar tadbir so'ngida munosib taqdirlandilar. Musobaqa 12 fevralga qadar davom etadi.







Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar