So’nggi yangiliklar

14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0

11 sen 18:36
Yangiliklar

Boshqalar

Qo'l jangi federaciyasiga yangi rahbar saylandi

Teglar :  Qo'l jangi
Bugun O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligida O'zbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qo'l jangi federaciyasining navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilish videoselektor shaklida tashkil etildi. Unda tashkiliy masalalar ko'rib chiqildi.

Yig'ilishda dastlab, O'zbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qo'l jangi federaciyasi raisi o'rinbosari Baxtiyor Mirzakulov 2017-2020 yillarda federaciya tomonidan amalga oshirilgan ishlarga to'xtalib o'tdi.

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar orasida qo'l jangi sport turi ommaviylashib, tez suratlarda rivojlanib bormoqda. Ortda qolgan yillarda mamlakatimizda bir qator yirik xalqaro musobaqalar tashkil etildi. Sportchilarimiz tomonidan xalqaro musobaqalarda muntazam ravishda yuqori o'rinlar qo'lga kiritildi.

Qo'l jangining mamlakatimiz sportidagi o'rnini yangi bosqichga olib chiqish uchun O'zbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qo'l jangi federaciyasida qator islohotlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bugungi yig'ilishda federaciyaga yangi rahbar saylash va shu orqali tashkilotning ish faoliyatini tizimli tashkil masalasi ko'rib chiqildi.

Yig'ilishda O'zbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qo'l jangi federaciyasi raisi lavozimiga bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo'mondoni sifatida faoliyat olib borayotgan Djuraev Rustam Mirzaevich nomzodi taklif etildi va yig'ilish delegatlari tomonidan bir ovozdan saylandi.

Yig'ilish yakunida Rustam Djuraev federaciya raisi lavozimiga saylanishida ishonch bildirganlarga alohida minnatdorlik bildirib, qo'l jangi sport turini mamlakatimizda yangi bosqichga olib chiqish, bu sport turi bo'yicha sportchi va trenerlarga shart-sharoitlar yaratish, yurtimizda uyushmagan yoshlar o'rtasida ushbu sport turi bo'yicha tizimli musobaqalar tashkil etish, shuningdek, federaciyaning hududlardagi moddiy-texnika bazasini takomillashtirish bo'yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilishi zarur bo'lgan takliflarini bildirdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing