15 okt 09:36
Yangiliklar

Qoyil. Istomin bir kunda 3ta uchrashuv o'tkazdi, ulardan bittasi final
Etiborlisi, kecha hamyurtimiz ushbu turnir doirasida bir yo'la 3ta uchrashuvda kortga chiqdi. Bunaqasi tennisda kamdan-kam uchraydi. U avvaliga chorak finalning qoldirilgan o'yinida xorvatiyalik mashhur tennischi Ivan Dodigni mag'lubiyatga uchratdi.
Bu ikki tennischi o'rtasidagi bahs payshanba kuni yomg'ir sababli birinchi setning to'rtinchi geymidan so'ng qoldirilgandi. Juma kuni davom ettirilgan bahsda Istomin kuchli raqibini 6:4, 7:6(15:13) hisobida taslim etdi.
SHu kuni hamyurtimiz yakkalikning yarim finalida ham kortga chiqdi. Denis slovakiyalik Lukash Lackoga qarshi kortga chiqdi. Bu ikki tennischi o'tgan yilgi turnirning finalida to'qnash kelishgandi. Bu safar Istomin raqibini ikki setda ham bir xil 6:4 hisobida engdi.
Kunning ikkinchi yarmida mamlakatimizning birinchi raketkasi rossiyalik Mixail Elgin bilan birga turnirning final uchrashuvida kortga chiqdi. Bosh mukofot uchun kechgan bahsda Denis va Mixail germaniyalik Andreas Begermann va hindistonlik afsonaviy Leander Paes juftligini 6:4, 6:2 hisobida dog'da qoldirishdi.
Fikrlar