20 apr 09:49
Yangiliklar
Tennis
Qozog'istonlik tennischi faoliyatidagi 13-sovrin, Porsche Carrera 911 S hamda 160 000 evroga ega chiqdi
Germaniyaning SHtutgart shahrida yakuniga etgan tennis bo'yicha WTA 500 toifasiga kiruvchi turnir Elena Ribakinaning triumfi bilan yakuniga etdi.
Dunyoning ikkinchi raketkasi bo'lib turgan qozog'istonlik tennis malikasi hal qiluvchi final uchrashuvida WTA reytingida 12-o'rinni egallab turgan chexiyalik Karolina Muxovani ikki set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi – 7:5, 6:1.
Bu Ribakina uchun faoliyatidagi o'n uchinchi WTA sovrini bo'ldi. Elena shu yil boshida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Australian Open turnirida ham chempion bo'lgan edi. SHtutgartdagi muvaffaqiyatli ishtirok Ribakinaga 500 reyting ochkosi, 160 ming evro mukofot puli hamda eng so'nggi rusumdagi Porsche Carrera 911 S avtomobilini keltirdi.
Malumot uchun, Elena Ribakina 2024 yilda ham SHtutgart turnirida bosh sovrin sohibasiga aylangandi.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar