22 iyu 07:19
Yangiliklar
Tennis
Qozog'istonlik tennischi Nyuportda chempion bo'la olmadi
AQSHning Nyuport shahrida o'tkazilgan tennis bo'yicha Hall of Fame Open turniri yakunlandi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning 15-raketkasi, amerikalik Jon Isner reytingning 83-pog'onasidan joy olib turgan qozog'istonlik Aleksandr Bublikka qarshi kortga chiqdi.
Mezbon tennischi 1 soatu 15 daqiqa davom etgan bahsda raqibini 7/6(2), 6/3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bu tennischilarning o'zaro ilk uchrashuvi edi. Nyuportdagi muvaffaqiyatli ishtirok Isnerga mavsumdagi birinchi, faoliyatidagi 15-sovrin, 100 600 AQSH dollari hamda 250 reyting ochkosini taqdim etdi.
Havola :
Fikrlar