26 may 12:04
Yangiliklar
Tennis
Qozog'istonlik tennischi Nyurnberg turniri chempioni bo'ldi
Germaniyaning Nyurenberg shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha nufuzli WTA turniri yakunlandi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida qozog'istonlik Yuliya Putinceva sloveniyalik Tamara Zidanshekka qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu 17 daqiqa davom etgan bahsda 24 yoshli Yuliya 21 yoshli raqibasidan ustun keldi - 4/6, 6/4, 6/2.
SHu tariqa, dunyo reytingida 39-pog'onadan joy olgan Putinceva faoliyatidagi ilk WTA sovrinini qo'lga kiritdi. Nürnberger Versicherungscup musobaqasidagi muvaffaqiyatli ishtirok Yuliyaga 34 677 evro mukofot puli hamda 280 reyting ochkosini taqdim etdi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar