25 jan 08:24
Yangiliklar

Qozonda uchchala tennischimiz ham yarim finalga chiqdi
Mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning juftlik bahslarida ishtirok etayotgan uch nafar tennischimizning bari yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Ikkinchi raqamli juftlikni hosil qilgan Sanjar Fayziev va Sergey Fomin hamkorligi chorak finalda rossiyalik tennischilar - SHalva Janashiya hamda Yan Sabaninni 6:3, 6:4 hisobida mag'lub etdi.
Rossiyalik Aleksandr Vasilenko bilan birga to'rtinchi raqamli juftlik bo'lgan Humoyun Sultonov chorak final bosqichida mezbon tennischilar - Timur Kiyamov va Konsantin Kravchuk tandemidan 6:3, 6:4 hisobida ustun keldi.
Etiborlisi, bugun o'tkaziladigan yarim final uchrashuvida o'zbek derbisiga guvoh bo'lamiz. Har qanday holatda ham tennischilarimizdan biri yoki ikkisi final chiptasini qo'lga kiritadi.
Fikrlar