20 iyu 09:14
Yangiliklar
Queen's Club. Matteo Berrettini chempionlik unvonini himoya qildi
Queen's Club turnirining hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning 10- raketkasi, italiyalik Matteo Berrettini ATP reytingining 48-pog'onasidan joy olib turgan serbiyalik Filip Krayinovichga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 33 daqiqa davom etgan bahsda Matteo raqibidan 7/5, 6/4 hisobida ustun keldi.
Bu bilan italiyalik raketka ustasi o'zining chempionlik unvonini muvaffaqiyatli tarzda himoya qildi. 26 yoshli Matteo uchrashuv davomida 14 ta, 30 yashar Filip esa 6 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida italiyalik hisobni yiriklashtirdi - 3:0.
SHu tariqa, Berrettini faoliyatidagi ettinchi sovrinini qo'lga kiritdi. Sovrinlaridan to'rttasi Queen's Club turnirida bo'lgani kabi maysa qoplamali kortga yutib olingan. Queen's Club turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Matteoga 500 reyting ochkosi hamda 399,170 evro mukofot puli keltirgan.
Fikrlar