13 dek 14:11
Yangiliklar
Tennis
Matteo Berrettini - ATP "Yil qaytishi" nominaciyasi g'olibi!
Professional tennischilar Associaciyasi (ATP) "Yil qaytishi" nominaciyasi bo'yicha g'olib nomini elon qildi.
Mavsum yakunlariga ko'ra reytingning 34-pog'onasigacha ko'tarilgan Matteo Berrettini so'rovnomada birinchi o'rinni egalladi. Italiyalik raketka ustasi ushbu nominaciya so'rovnomasida Marin CHilich (Xorvatiya) va Kei Nishikori (Yaponiya)ni ortda qoldirdi.
Malumot uchun, Matteo 2024 yilgi tennis mavsumida 49 ta uchrashuv o'tkazib, ularning 36 tasida g'alaba qozondi. Berrettini Marrakesh, Gshtad va Kitcbyuel turnirlarida bosh sovrinni qo'lga kiritdi. SHtutgartdagi turnirda esa finalga qadar etib bordi. Yanvar oyidan to shu kungacha 918 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar