30 avg 11:15
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/3612_220.jpg)
Rafael Nadal: “Istomin hamisha xavfli raqib bo'lgan”
“Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi US Open turnirining ikki karra g'olibi ispaniyalik Rafael Nadal hamyurtimiz Denis Istomin ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Istomin hamisha xavfli raqib bo'lib kelgan. O'yindagi hal qiluvchi vaziyat ikkinchi setga to'g'ri keldi. Men Istominning o'yini ijobiy tomonga o'zgarayotgan paytda bunga imkon bermadim. Aks holda keyingi setlarda umuman boshqacha xisoblarni ko'rishingiz mumkin edi. Umuman olganda, yaxshi uchrashuv o'tkazdim”, - deydi turnirning to'rtinchi raketkasi.
Eslatib o'tamiz. Kecha oqshom Rafa Nadal Denis Istominni 6:1, 6:4, 6:2 hisobida
mag'lub etib, ikkinchi davraga yo'llanma olgan edi.
Havola :
Fikrlar