17 apr 08:46
Yangiliklar
Rafael Nadal qaytdi, u 681 kundan so'ng g'alabaga erishdi
U Ispaniyaning Barselona shahrida o'tkazilayotgan nufuzli ATP 500 toifasiga kiruvchi turnirning ilk davrasida reytingning 62-pog'onasida borayotgan italiyalik Flavio Kobollini ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 6/3.
Afsona 681 kunlik tanaffusdan so'ng grunt qoplamali kortda o'z g'alabasini tantana qildi. Bu Nadal va Kobolli o'rtasidagi ilk uchrashuv edi. Sakson besh daqiqa davom etgan bahsda Rafael eys zarbasini amalga oshira olmadi. Kobollida bu ko'rsatkich 3 tani tashkil qildi. Ikkala tennischi ham 3 tadan qo'shxatoga yo'l qo'yishdi. Breyklar Rafada ko'proq bo'ldi - 4 ga 1!
Endi Rafael Nadal o'z davlatida o'tkazilayotgan turnirning ikkinchi davrasida avstraliyalik Aleks De Minaurga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar