21 okt 11:40
Yangiliklar
Tennis

Rafael Nadal uchun mavsum muddatidan avval yakunlandi
Dunyoning oltinchi raketkasi ispaniyalik Rafael Nadal uchun mavsum muddatidan avval yakunlandi.
Bunga tennischining bugungi jismoniy holati va surunkali jarohatlar sabab bo'lgan.
“Rio Olimpiadasiga to'liq tayyor bo'lmagan holda bordim. O'sha paytda hali jarohatimdan to'lig' forig' bo'lmagan edim. Lekin Ispaniya uchun medal taqdim etishni juda ham istagandim. Tiklanish jarayonining buzilishi natijasida endi mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuborishim kerak”, - dedi Nadal.
Eslatib o'tamiz, ispaniyalik 30 yoshli tennischi joriy mavsumda jami 16ta turnirda ishtirok etdi. Barselona va Monte-Karlodagi turnirlarda bosh mukofotni qo'lga kiritdi.
Havola :
Fikrlar