05 iyu 12:50
Yangiliklar
Tennis

Rafael Nadal: “Uimbldon” finalida Federer bilan uchrashish istagidaman”
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi “Uimbldon” turnirining finalida Rojer Federer bilan uchrashish istagida ekanligini aytdi.
“Agar finalga etib borsam, bosh mukofot uchun bahsdagi raqibim Rojer Federer bo'lishini istardim. Bu yilning o'zida Rojer bilan o'zaro uchrashuvlarda etarlicha to'qnash keldik”, – dedi Nadal.
Takidlash joiz, Rafa “Uimbldon” turnirining ikkinchi davrasida amerikalik Donald Yangga qarshi kortga chiqadi. Aynan Yang hamyurtimiz Denis Istominni birinchi davrada mag'lub etgan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar