13 mar 14:53
Yangiliklar
Tennis

Rafael Nadal: "Ushbu mavsumda umuman yomon o'yin o'tkazmadim"
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal Indian-Uells ikkinchi davrasida Gido Pel ustidan qozongan g'alabasidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"O'yin juda yaxshi o'tdi. Bu men uchun turnirdagi birinchi o'yin bo'lgani uchun ortiqcha narsalar ko'rsatib o'tirmadim. SHunchaki, stabil o'yin namoyish etgim keldi.
Bu mavsumda bitta o'yinda ham yomon o'ynaganim yo'q. Melburnda ajoyib o'yinlar ko'rsatdim. Endi ko'ramiz, nima bo'larkin. Mavsum startidan mamnunman.
Qiyin setkaga tushib qolganimni bilaman, biroq, menda yana g'alaba qozonish imkoniyati bor", - deydi tennischi.
Havola :
Manba : atpworldtour.com
Fikrlar