12 may 11:11
Yangiliklar
Tennis

Rafael Nadalni to'xtatishdi
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal Madridda bo'lib o'tayotgan "Masters" turnirining chorak finalida mag'lub bo'ldi.
Dunyoning birinchi raqamli tennischisi ushbu bosqichda avstriyalik Dominik Timga qarshi kortga chiqdi. 1 soat 56 daqiqa davom etgan o'yinda Nadal raqibiga 5:7, 3:6 hisoblarida yutqazdi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Ushbu mag'lubiyat sabab, Nadal dunyo reytingidagi birinchi pog'onani Rojer Federerga bo'shatib beradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar