25 apr 07:17
Yangiliklar
Tennis
Rafael Nadalning g'alabasi uchun uch set kerak bo'ldi
Dunyoning ikkinchi raketkasi Rafael Nadal Barselonada davom etayotgan nufuzli turnirning uchinchi davrasiga yo'l oldi.
Ispaniyalik masetro ATP reytingida 63-pog'onadan joy olgan argentinalik Leonardo Mayerga qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu 49 daqiqa davom etgan bahsda grunt qiroli raqibini 6/7(7), 6/4, 6/2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Endi 32 yoshli Nadal Barcelona Open Banc Sabadell turnirining uchinchi davrasida vatandoshi David Ferrerga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar