25 apr 16:46
Yangiliklar
Tennis
Rafael Nadalning "Rolan Garros"da ishtirok etishi so'roq ostida
"Rolan Garros"ning 14 karra chempioni Rafael Nadal agar optimal formaga kira olmasa, Parijdagi "Katta Dubulg'a"da ishtirok etmasligi haqida gapirdi.
"Agar Parijdagi musobaqaga hozirgidek formada etib borsam, o'ynamayman. Agar o'zimni raqobatga dosh bera olishga qodir deb hisoblasam ishtirok etaman. Bu halokat yoki faoliyatimni yakuni bo'lmaydi. Menda "Rolan Garros"dan keyingi maqsad ham bor - masalan Olimpiada", - dedi Nadal.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar