06 mar 20:21
Yangiliklar
Tennis

Raonich Indian-Uellsdagi ko'rgazmali turnir chempioni bo'ldi
Kanadalik Milosh Raonich AQSHning Indian-Uells shahrida o'tkazilgan ko'rgazmali turnir g'olibiga aylandi.
U bosh sovrin uchun bahsda shveycariyalik Sten Vavrinkani 10:6 hisobida mag'lub etdi. Ko'rgazmali turnir Tie Break Tens formatida o'tkazildi.
Raonich yarim finalda xorvatiyalik Marin CHilichdan 10:3, Vavrinka esa ispaniyalik Rafael Nadaldan 13:11 hisobida ustun keldi. Milosh chempion sifatida 150 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini qo'lga kiritdi.
Havola :
Fikrlar