25 iyu 10:03
Yangiliklar
Futbol

Rashidov assist qayd etgan restartdan keyingi o'yinda "Qatar SK" mag'lub bo'ldi
Koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan tanaffusdan so'ng Qatar Yulduzlar ligasi restart oldi.
CHempionatning 18-turida Sardor Rashidov harakat qilayotgan "Qatar SK" jamoasi o'z maydonida "Al Rayyan"ga mag'lub bo'ldi - 1:2.
Qayd etish kerak, hamyurtimiz o'yinda o'z hisobiga assist yozdirib qo'ydi. Yani, u Kaykening 10-daqiqadagi goliga hammualliflik qildi. Sardor o'yinni to'liq 90 daqiqa o'tkazgan.
"Qatar SK" - "Al Rayyan" 1:2
Gollar: Kayke (10, 1:0), Braximi (40-pen, 1:1), Boli (84, 1:2).
"Qatar SK": Al Xail, Galves, al Rabi, Mahmudi, Baxsh, Mansur (Adel, 750, al Emadi, Barraxma, Kayke, Sardor Rashidov, Palangi.
"Al Rayyan": Baker, Traore, Merkado, Ismoil, al Sayid (Kuintana, 72), Muftax, Xatem, Kom, Avad (al Xarazi, 46), Braximi.
CHetlatish: Mahmudi (87)
Havola :
Fikrlar